Shaxslar Flashcards
XVII asrda yashagan buyuk hukumdor edi. U ham harbiy, ham diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind rojalarini o’ziga bo’ysindiradi. U mamlakatni boshqarishda musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalb qilib, musulmon bo’lmaganlardan olinadigan jon solig’ini bekor qildi, hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni ham man etdi.
Akbarshoh
XVIII asrda yashagan buyuk tarixiy shaxs edi. Uning asarlari odamlarga o’ta jiddiy tu’yilardi, cherkov esa Xudodan qo’rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmasdi. Uning “Matto bayon etgan buyuk musibat” asarida havoriy ya’ni Iso Masihning shogirdi Matto hikoya qilgan Iso uqubatlarini ifodalaydi.
Sebastyan Bax
VIII asrda yashab o’tgan buyuk tarixiy shaxs bo’lgan. U haqida ko’plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo’shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “karol”, ya’ni “qirol” unvoni ham kelib chiqqan. Davlatda moarif ishlariga ham alohida etibor berib 789-yil xalq maktablarini tuzishga buyruq beradi.
Buyuk Karl
Romanida XIX asr Amerika qullari va quldorlari hayoti, ular o’rtasidagi ziddiyatlar, qulchilikka qarshi qora tanlilarning isyoni haqqoniy yoritilgan. Ijodkorning “Men va mening ayolim”, “Biz va qo’shnilarimiz” asarlarida ham Amerika hayoti haqqoniy ta’svirlangan.
G.Bisher-Stou
Ichki siyosatda Amerikaning buyukligini tiklash, tashqi
siyosatda esa boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslikni
e’lon qilgan. Ammo prezidentlik saylovlarida rossiyalik
xakerlarning aralashganligi tog’risidagi gumonlar hamda
prezident yordamchilarining Rossiya bilan xufiya
uchrashuvlar qilishi uning obro’yini tushirib yubordi.
Donalt Trump
XXI asr boshlarida uning hukumati ovoz berishning
yanada erkinligini, saylov kompaniyasida moliyaviy
xarajatlarning oshkaraligini taminlash maqsadida bir qator
saylov islohatlarini amalga oshirdi.
Atal Bixari Vajpai
U qabilalar orasidagi o’zaro ziddiyatlarda g’olib chiqqan.1155-1227 yillarda yashab, buyuk shomon oldida unga Chingizxon unvoni beriladi.(mo’g’ulcha-kuchli, qudratli, toza). Mamlakatni birlashtirish uchun Qoraqurum shahrining markaziy poytaxt etib belgilaydi.
Temuchin
1857-yilda Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg bo’ylab sayohat Qilgan. “Buxoroyi sharif mang’it amirlari muxtasar tarixi”, “Navodir ul-vaqoe” asarlarining muallifidir.
Ahmad Donish
Qozoq urug‘i boshliqlaridan biri Zarliqni qoraqalpoq xoni qilib ko‘tarishni maqsad qilgan qo‘zg‘olon rahbari. 1856-yil Xiva xoni qo’zg’olonni bostirish uchun yasovulboshi Muhammadniyoz boshchiligidagi qo’shin jo’natgan.
Ernazarbiy
Avstriyaning qadimiy go’zal shaharchasi Zalsburgda tug’ilgan,35 yil umr ko’rgan shaxs
1922-yilda hukumat boshlig‘i etib tayinlandi.Dastlab mavjud siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyatini taqiqlamadi. 1938-yil irqiy qonunlar chiqardi, 1939-yil boshida esa Deputatlar palatasini tarqatib yuborib, uning o‘rniga Katta fashistik kengash tuzdi.
Benito Mussolini
XX asrning birinchi choragida Farg‘ona
vodiysida sovet hokimiyatiga qarshi harakat rahbarlaridan biri edi. Uning qo‘shini 1919-yilJalolobod va O‘sh shaharlarini egallab, Eski Marg‘ilon shahrini sovet qo‘shinlaridan ozod qildi.U boshchiligidagi qo‘shinning 1919-yilgi hujumlari Farg‘ona vodiysini larzaga keltirdi.
Madaminbek
J.Neruning qizi.U mamlakatda “yashil inqilob” deb atalgan yangi agrar siyosatni amalga oshirdi.Natijada 1970-yili gʻalla va sholi hosildorligi keskin oʻsdi.Gʻalla, sholi va qandning ulgurji savdosi toʻliq natsionalizatsiya qilindi.Natsionalizatsiya jarayoni sanoatda ham amalga oshirildi. Ammo mamlakatda I.Gandi siyosatidan norozilik kayfiyati kuchayib bordi.Hindiston hamon ommaviy qashshoqlik mamlakati boʻlib qolayotgan edi.Hukumat kambagʻallik darajasini asta-sekin pasaytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Natijada kambagʻallik darajasining keskin kamayishiga erishildi.
Indira Gandi
Uning hukumati iqtisodiy muammolarni hal qilish, modernizatsiyani amalga oshirishning yoʻli sifatida iqtisodiyotda davlatning rolini oshirishni tanladi. Mamlakat moliya siyosati,umummilliy miqyosdagi yirik korxonalar va infratuzilma obyektlari, tashqi siyosat, mudofaa va shu kabilar markaziy hokimiyat tasarrufiga kirdi.Lingvistik belgiga qarab shtatlarga boʻlindi.
J.Neru